Shaffof Qurilish
Maxfiylik siyosati
Oxirgi tahrir: 29.10.2026
Ushbu siyosat «Shaffof Qurilish» mobil ilovasi va unga tegishli xizmatlar (keyingi o‘rinlarda — Ilova) foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini qanday to‘plashi, ishlatishi va himoya qilishini tushuntiradi. Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq qayta ishlanadi.
Ma’lumotlar operatori
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISH RESPUBLIKA MARKAZI
Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Yangi Toshkent hududi
1. Ilova nima qiladi
- Ilova qurilish sohasidagi davlat axborot tizimlari ma’lumotlarini bir joyda ko‘rsatadi: qurilish obyektlari va davlat nazorati, shaharsozlik ekspertizasi, tashkilotlar reytingi, davlat xaridlari, litsenziyalar, o‘zboshimcha qurilishlar va boshqa ochiq reyestrlar.
- Shaxsiy kabinetda foydalanuvchi o‘ziga tegishli ma’lumotlarni ko‘radi: arizalar, sertifikatlar, mehnat faoliyati, ta’lim hujjatlari va boshqalar.
2. Qanday ma’lumotlar olinadi
- Kirish (Shaffof ID). Ilovaga parolsiz, Shaffof ID orqali kiriladi. Shaffof ID bizga familiya, ism, otasining ismi, JShShIR (PINFL), telefon raqami, elektron pochta (bo‘lsa), tashkilot nomi va STIR (yuridik shaxs sifatida kirilganda) va kirish usulini beradi.
- Davlat tizimlaridagi ma’lumotlaringiz. Kabinetni ko‘rsatish uchun Ilova JShShIR yoki STIR bo‘yicha tegishli davlat tizimlaridan sizga oid ma’lumotlarni oladi: pasport ma’lumotlari va surati, mehnat faoliyati va hisoblangan ish haqi, diplomlar, sertifikatlar va malaka imtihonlari, davlat xizmatlari bo‘yicha arizalar, qurilish nazorati ko‘rsatmalari va murojaatlari, ekspertiza murojaatlari, tashkilot litsenziyasi va davlat xaridlaridagi ishtirok.
- Murojaatlar. Siz yuborgan murojaat matni, siz biriktirgan foto va video hamda (siz ruxsat bergan bo‘lsangiz) joylashuv.
- Texnik ma’lumotlar. Ilovada xato yuz berganda: xato matni, Ilova versiyasi, operatsion tizim turi va versiyasi, ochiq bo‘lgan bo‘lim va foydalanuvchi identifikatori. Bu ma’lumotlar faqat xatolarni tuzatish uchun ishlatiladi.
3. Qurilma ruxsatlari
- Kamera — QR-kodni skanerlash va murojaat uchun suratga olish.
- Foto va video galereyasi — murojaatga fayl biriktirish.
- Mikrofon — murojaat uchun video yozish.
- Joylashuv — xaritada joylashuvingizni ko‘rsatish va murojaatga joylashuv qo‘shish. Joylashuv fonda kuzatilmaydi va faqat murojaat yuborganingizda serverga uzatiladi.
- Har bir ruxsat faqat tegishli funksiyani ishlatganingizda so‘raladi va uni istalgan vaqtda qurilma sozlamalarida o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.
4. Ma’lumotlar nima uchun ishlatiladi
- Sizni tanib, shaxsiy kabinetingizni ko‘rsatish.
- Davlat xizmatlari va murojaatlaringiz holatini ko‘rsatish.
- Murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun vakolatli tashkilotlarga yetkazish.
- Bildirishnomalar yuborish va Ilova ishlashini ta’minlash, xatolarni tuzatish.
- Ma’lumotlar reklama uchun ishlatilmaydi, sotilmaydi va reklama tarmoqlariga berilmaydi.
5. Saqlash va himoya
- Ma’lumotlar faqat himoyalangan (HTTPS) kanal orqali uzatiladi.
- Pasport ma’lumotlari va surati, tashqi tizimlarga ulanish kalitlari serverda shifrlangan holda saqlanadi.
- Hisoblangan ish haqi ma’lumotlari bazaga yozilmaydi: ular har safar manba tizimdan olinadi va ko‘pi bilan 30 daqiqa vaqtinchalik xotirada (keshda) turadi.
- Shaxsiy kabinet ma’lumotlari faqat uning egasiga ko‘rsatiladi. Ochiq reyestrlarda jismoniy shaxslarning JShShIR va telefon raqamlari ko‘rsatilmaydi.
- Qonunchilikka muvofiq vakolat berilgan mansabdor shaxslar xizmat vazifasi doirasida ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin; har bir bunday ko‘rish jurnalga yoziladi.
6. Ma’lumotlar kimga beriladi
- Ma’lumotlar uchinchi shaxslarga sotilmaydi va berilmaydi. Ular faqat tegishli davlat axborot tizimlaridan olinadi va murojaatlar — ularni ko‘rib chiqishga vakolatli tashkilotlarga yuboriladi.
- Qonunda belgilangan hollarda ma’lumotlar vakolatli davlat organlarining so‘roviga binoan taqdim etilishi mumkin.
7. Saqlash muddati
- Ma’lumotlar siz Ilovadan foydalanayotgan davr mobaynida yoki qonunchilikda belgilangan muddat davomida saqlanadi. Hisobingiz o‘chirilganda, qonunda saqlash talab qilinmagan ma’lumotlar o‘chiriladi.
- Xatolar jurnali va texnik jurnallar Ilova ishlashini ta’minlash uchun zarur muddat davomida saqlanadi.
8. Sizning huquqlaringiz
- O‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlar qayta ishlanayotgani haqida bilish va ular bilan tanishish.
- Noto‘g‘ri ma’lumotlarni tuzatishni talab qilish (ma’lumot manbasi bo‘lgan davlat tizimi orqali).
- Hisobingizni istalgan vaqtda Ilovaning o‘zida o‘chirish: 1) Ilovani oching va Shaffof ID orqali kiring; 2) pastki menyudan «Kabinet» bo‘limini oching; 3) sahifa oxiridagi «Hisobni o‘chirish» tugmasini bosing; 4) «O‘chirish» bilan tasdiqlang. Bunda pasport ma’lumotlari, mehnat faoliyati, diplomlar, kuzatuvlar va bildirishnomalar serverdan o‘chiriladi; yuborilgan murojaatlar ko‘rib chiqish uchun anonim saqlanadi.
- Ma’lumotlaringizni qayta ishlashga roziligingizni qaytarib olish — quyidagi aloqa ma’lumotlari orqali.
- Istalgan vaqtda Ilovadan chiqish (kabinet → chiqish) va qurilma ruxsatlarini o‘chirish.
9. Bolalar
- Ilova 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun mo‘ljallanmagan va ulardan ataylab ma’lumot to‘plamaydi.
10. O‘zgarishlar
- Siyosat o‘zgarganda yangi tahrir shu sahifada e’lon qilinadi va «Oxirgi tahrir» sanasi yangilanadi.
Aloqa
- Elektron pochta: support@mc.uz
- Telefon: +998 (71) 200-53-53
- Manzil: Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Yangi Toshkent hududi